Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

TARAQQIYOT YO‘LIDA

18.05.2025 18.05.2025 29

   

80 yildan oshiq tarixga ega bo‘lgan “O‘zmetkombinat” AJda doimo taraqqiyot sari kuchli intilish bo‘lgan. Bekobodlik metallurglar har qanday davr va sharoitlarda ham yuqori marralarni ko‘zlab mehnat qilganlar. Korxona uchun og‘ir yillarda ham ko‘plab yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Bunga o‘tgan asrning 1950 – 1960 yillarida o‘zbek metallurglari erishgan muvaffaqiyatlar ham yorqin misol bo‘ladi.

 1950-yilga kelib, marten sexi po‘lat quyish bo‘yicha loyihada belgilangan quvvatga erishadi. 1951-yilda esa, prokat sexi ham o‘z loyiha quvvatiga chiqib oldi. Uning samaradorligi 1946-yildagidan besh barobar ortdi.

1961-yildan boshlab korxona ishlab chiqarishdan foyda olishni boshladi. Pechlarning har kvadrat metridan po‘lat olishning vazni va vaqti bo‘yicha zavod tarmoq korxonalari o‘rtasida oldingi o‘rinlardan birini egalladi.

Texnik taraqqiyot, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, sexlarni qayta qurish hamda zamonaviy qurilmalar bilan jihozlashga bo‘lgan intilishsiz korxonaning bir maromda ishlashini ta’minlab bo‘lmasdi. Korxona sobiq ittifoq zavodlari orasida birinchilardan bo‘lib (1962-yilda) marten sexida uzluksiz po‘lat quyish qurilmasi (UPQQ)ni qo‘lladi. Bu esa po‘lat quyuvchilarning ish samaradorligini sezilarli darajada oshirdi.

UPQQning barqaror ishlashini ta’minlash oson kechmagan. Yangi texnikalarning bir maromda ishlashini ta’minlashda ixtirochilar yordami katta bo‘ldi. Marten sexida UPQQ ixtirochilarining 48 ta taklifi ro‘yxatga olingan edi.

Marten va qizitish pechlarini qaytadan jihozlash, po‘lat quyish kovshlarining hajmini oshirish, 150 kub hajmga ega kislorod qurilmasini ishga tushirish, “300” stanni qaytadan qurish kabi qator muhim tadbirlar ishning samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yanada yaxshilash imkoniyatlarini yaratdi.

Yil sayin ishlab chiqarish ixtirochilari, tashabbuskorlari va ijodkor kishilar soni oshib bordi. Ishchi-ixtirochilar, muhandis-texnik xodimlar bilan hamkorlikda qisqa vaqt ichida aylana, to‘rtburchak, armatura va temir tasmalar tayyorlashni o‘zlashtirdilar. 

 

0

(0 ovoz)