Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

BELGILANMAGAN JOYLARGA CHO‘MILMANG, AKS HOLDA...

03.07.2025 03.07.2025 59

    

Sir emas so‘ngi vaqtlarda yoz faslini yuqori haroratli kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Shahrimiz aholisi hamda mehmonlari kunning jaziramasida cho‘milib, tana haroratini mo‘tadillashtirishga harakat qilishlari tabiiy. 

Biroq hech kimga sir emaski, suv harorati past bo‘lishi bilan bir qatorda mikro bio organizm (mikroblar) ham mavjud bo‘ladi. Buning natijasida terida yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishiga ham olib kelish xavfi mavjudligini unutmasligim lozim. Kombinatimiz atrofida hamda hudud ichidan Yuqori Dalvarzin kanalining o‘ng irmog‘i oqib o‘tadi. Mazkur kanal suvi nechog‘lik toza va jozibador ko‘rinmasin unda cho‘kish bilan bog‘liq baxtsiz hodisadan tashqari terida toshmali kasalliklar keltirish chiqaruvchi yuqumli mikro elementlar ham mavjudligini yana bir bor eslatib o‘tmoqchimiz. 

Aziz Bekobodliklar, suv havzalarida fuqarolarning cho‘kishi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida quyidagi qoidalarga amal qiling:  

- Hech qachon belgilanmagan joylarda (daryo, soy, ko‘l, suv ombori, kanal va ariq) cho‘milmang;  

- cho‘milish taqiqlanadi” maxsus belgilariga qat’iy amal qiling;  - yozgi ta’til davrida farzandlarimizni belgilanmagan joylarga cho‘milishga borishlariga yo‘l qo‘ymang;  

- yosh bolalarni nazoratsiz qoldirmang, ayniqsa kanal yoqasi va katta yo‘llar atrofida yashovchilar;  

- spirtli ichimliklar iste’mol qilib, cho‘milishga bormang, aslo qizib turgan tana bilan sovuq suvga tushmang;  

- faqatgina cho‘milish ruxsat etilgan maxsus suv havzalardagina cho‘miling. 

Kombinat hududidan oqib o‘tgan kanal suvidan hattoki, yuz-qo‘llaringizni yuvishga ham tushmang. Ushbu qoidalarga doimiy amal qiling va boshqalarni ham ogoh eting.

"O‘zmetkombinat" AJ Obyektlarni yong‘in xavfsizligini ta’minlanishini tashkil etish bo‘limi

 

 

0

(0 ovoz)