Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

NAVLI PROKATLASH BO'LINMASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI MASHG‘ULOTI OʻTKAZILDI

17.12.2025 17.12.2025 151

     

Navli prokatlash bo'linmasida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. Tadbirning maqsadi xodimlarni yong‘in sodir bo‘lgan holatlarda qanday harakat qilish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish va favqulodda vaziyatlarda tezkor javob berishga tayyorlashdan iborat edi.

Mashg‘ulot davomida xodimlarga yong‘in sodir bo‘lgan holatda bajariladigan dastlabki harakatlar va yong‘in o‘chirish uskunalarini ishlatish bo‘yicha nazariy hamda amaliy tushunchalar berildi.

Tadbirda "Oʻzmetkombinat" AJ ob‘yektlarida favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i mayor Bekzod Yusupov ishtirok etib, xodimlarning xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishlari va favqulodda vaziyatlarga tayyor bo‘lishlari muhimligini ta’kidladi.

 

0

(0 ovoz)