Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

KOMBINAT VAKILLARI TRENINGDA ISHTIROK ETDI

19.12.2025 19.12.2025 82

    

Xalqaro barqaror rivojlanish va ESG standartlarini davlat ulushi mavjud yirik kompaniyalar faoliyatiga joriy etish maqsadida «UzAssets» AJ Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida ESG Center of Excellence  ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Ushbu tashabbus doirasida 2025-yil 19-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes va tadbirkorlik maktabi bilan hamkorlikda yirik davlat korxonalarining mas’ul mutaxassislari uchun trening tashkil etildi.

Ushbu treningda “O‘zmetkombinat” AJ mutaxassislari ham ishtirok etishdi. Unda davlat korxonasining barqaror rivojlanish strategiyasini amalga oshirishda bo‘limlar roli mavzusida ma’lumotlar berildi.
Treningning maqsadi ekologiya, ijtimoiy mas’uliyat, korporativ boshqaruv (ESG) yo‘nalishlar bo‘yicha tizimli yondashuv orqali ichki ekspertizani oshirishdir. Bu esa davlat korxonalari faoliyatiga ESG tamoyillarini joriy etish bo‘yicha vazifalarni samarali amalga oshirish imkonini beradi.

Kombinat mutaxassislarining treningda ishtiroki va ESG yondashuvlarini keyinchalik joriy etishda ko‘plab imkoniyatlarni yaratadi.
Jumladan, barqaror rivojlanish sohasida xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish, kombinatning barcha asosiy biznes-jarayonlariga yagona ESG amaliyotlarini joriy etish, shaffoflikni, boshqaruv sifati va korporativ javobgarlik darajasini oshirish, ekologik va ijtimoiy xavf-xatarlarni kamaytirish, investitsion jozibadorlikni mustahkamlash va xalqaro talablarga muvofiqlikni ta’minlash,
kombinatning uzoq muddatli barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’minlash shular jumlasidandir.

 

5.00

(3 ovoz)