Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“O’ZMETKOMBINAT”DA ZOLDIR ISHLAB CHIQARISH HAJMI 300 MING TONNAGA YETKAZILADI

22.01.2026 22.01.2026 185

        

“Oʻzmetkombinat” mutaxassislari guruhi loyiha ofisi vakillari vakillari yangi zoldir prokat liniyasini qurish loyihasi doirasida uskunalarni qabul qilib olish maqsadida Xitoyda bo‘lib turibdi.

19–20-yanvar kunlari ular texnologik uskunalarni yetkazib beruvchi Xitoyning eng ilg’or kompaniyalaridan birida, Usi shahrida bo‘lishdi. Ikki kun davomida loyiha amalga oshirilishi bilan bog‘liq barcha texnik masalalar hamda uskunalarni yetkazib berish muddatlari muhokama qilindi. Shuningdek,  ishlab chiqarilgan va oy oxirida jo‘natilishi rejalashtirilgan uskunalarni qabul qilish jarayoni tashkil etildi.

Hozirgi vaqtda zoldir prokat staniga oid uskunalar  tayyorgarlik bosqichida: boshqaruv shkaflari bilan elektrojihozlar, transformatorlar, suv ta’minoti tizimi hamda rolikli to‘g‘rilash mashinasi.

Loyiha amalga oshirilishi natijasida diametri 40 va 50 mm bo‘lgan, 4–5 qattiqlik guruhiga mansub yuqori sifatli po‘lat maydalovchi sharlar ishlab chiqarish hajmi yiliga qo‘shimcha 50 ming tonna, jami esa 300 ming tonnani tashkil etadi.

 

0

(0 ovoz)