Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

Mustaqillik bayrami arafasida ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi

28.07.2026 28.07.2026 59

    
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “O‘zmetkombinat” AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan kombinatning bir guruh ishchi-xodimlari uchun Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida ishtirokchilar Islom sivilizatsiyasi markazining zamonaviy ekspozitsiyalari bilan tanishib, xalqimizning boy tarixiy, ilmiy va ma’naviy merosi, buyuk ajdodlarimizning jahon tamadduniga qo‘shgan ulkan hissasi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Mazmunli o‘tgan ushbu sayohat metallurglarning tarixiy xotira va milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatini yanada mustahkamlash, ularning ma’naviy dunyosini boyitish hamda jamoada hamjihatlik muhitini kuchaytirishga xizmat qildi. Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar xodimlarning Vatanga sadoqat va yurt taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘usini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

0

(0 ovoz)