Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Rahbariyatning chiqish va bayonotlari

"Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!" 

21.03.2024 21.03.2024 98

Ona diyorimizga barchamiz orziqib kutgan – Navro‘zi olam kirib keldi. Ana shu ulug‘ ayyom – sharqona Yangi yil bilan barchangizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! Mana shu qutlug‘ kunda sizlarga, sihat-salomatlik, baxt va omad, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.Bu betakror bayram barcha ezgu niyatli insonlarni birlashtiradi, ularning qalbida eng go‘zal va olijanob tuyg‘ularni uyg‘otadi. Shu bois ham Navro‘zi olam millati, tili va dinidan qat'iy nazar barcha yurtdoshlarimizning ardoqli va sevimli bayramiga aylandi.

Ushbu bayramning ma'naviy hayotimizdagi o‘rni va ta'siri, insonlar qalbida ezgulik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik kabi olijanob tuyg‘ularni uyg‘otish, jamiyatimizdagi o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy an'ana va qadriyatlarimiz ruhida kamol toptirish borasidagi ahamiyati tobora oshib bormoqda.

Navro‘z mehr-oqibat va saxovat ayyomi sifatida ham qadrlidir. Tabarruk keksalarimizni yo‘qlash, nogironlar, yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olish, hasharlar o‘tkazib, yurtimizni yanada obod qilish kabi savobli ishlarimiz Navro‘zning fayziga yanada fayz qo‘shadi.

Hurmatli hamshaharlar, aziz metallurglar!

Sizlarni yana bir bor Navro‘z ayyomi bilan qutlayman. Sharqona yangi yilimiz har bir oila, har bir xonadonga baxt va quvonch olib kelsin! Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!

Rashid PIRMATOV, "O‘zmetkombinat" AJ boshqaruv raisi – bosh direktor.

 

0

(0 ovoz)



Sayt test rejimida ishlamoqda