Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Rahbariyatning chiqish va bayonotlari

8-MART - XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI!

08.03.2024 08.03.2024 97

Aziz opa-singillar!

O‘zbekiston metallurgiya kombinatining qadrli ishchi-xodimlari!

Mamlakatimizda Sizlarning qonuniy huquq va manfaatlaringizni ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xotin-qizlarning sog‘ligi, mehnat qilishi, o‘qishi, oilalari farovonligini mustahkamlash uchun sharoitlar yaxshilanyapti. Yildan yilga ayollar uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Xotin-qizlar va oila masalalari nafaqat bugungi, balki ertangi kunimizni ham belgilab beradigan muhim vazifadir."

Bugungi kunda kombinatimizni sizlardek ishchi-xodimlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Orangizda kombinatimizda ko‘p yillar davomida ishlayotganlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Bilim va tajribangiz, malaka va mahoratingiz tufayli sizlar kombinatning iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissa qo‘shmoqdasiz.

Kombinatda deyarli barcha sohalarda, shu jumladan, asosiy bo‘linmalarda biz bilan yonma yon turib samarali qilayotgan mehnatingiz uchun sizlarga minnatdorchilik bildiraman. Sizlarning oilada, jamiyatda, korxonadagi ibratli faoliyatingiz tahsinlarga loyiq.

Sidqidildan qilayotgan fidokorona mehnatingiz va mamlakatimizning yanada farovonligi va ravnaqi uchun qo‘shayotgan munosib ulushingiz uchun katta rahmat.

Oilangiz, farzandlaringiz, el-yurtimiz baxtiga hamisha sog‘-omon bo‘linglar! Barchangizga oilaviy xotirjamlik, xonadonlaringizga tinchlik, fayzu baraka tilayman. Doimo xalqimiz, Vatanimizning yuksak mehri va ardog‘ida bo‘lish hammangizga nasib etsin! Hamisha sog‘-omon bo‘ling, azizlar! Yana bir bor barchangizni bahor, go‘zallik va nafosat bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Rashid PIRMATOV,

"O‘zmetkombinat" AJ Boshqaruv raisi – Bosh direktor.

 

0

(0 ovoz)



Sayt test rejimida ishlamoqda