Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Rahbariyatning chiqish va bayonotlari

OCHIQLIK VA SHAFFOFLIK KORRUPSIYANI OLDINI OLISHNING SAMARALI MODELI

26.03.2024 26.03.2024 98

Bugungi kunda Yangi Oʻzbekistonimizni barpo etishda, jamiyatimizda adolat va qonun ustuvorligini soʻzsiz ta'minlashga, ochiqlik siyosatini izchillik va qat'iyat bilan davom ettirishga hamda yangi yuksak darajaga chiqarishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Yuksalishni, taraqqiy etishni istagan, ishchi-xodimlarning farovonligiga intilgan har bir jamiyat, avvalambor, oʻzining xodimlari dardi va fikrini tinglashi, ularni oʻylantirayotgan muammolarni ochiqlik va shaffoflik bilan bartaraf etishi zarur.Yangi Oʻzbekistonimizda 2016-yildan boshlangan oʻzgarishlarning ilk nuqtasiga e'tibor qaratadigan boʻlsak, eng avvalo, fuqarolar bilan muloqot qilish, insonlar dardini tinglash hamda ular tomonidan koʻtarilgan, jamiyatning barcha a'zolarini oʻylantirib kelayotgan muammolarni hal etishdan boshlanganini his qildik. Tabiiyki, bu muloqotlarda korrupsiya, byurokratiya, tanish-bilishchilik, talon-taroj qilish kabi masalalar ham tilga olinar edi.

Jamiyatimiz ishchi-xodimlari fikri asosida kombinat rivojiga toʻsiq boʻlayotgan muammolarni hal etish boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli maqsadlar belgilab olingan. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha jamiyatimiz siyosatining eng asosiy yoʻnalishlari, xususan, jamiyatimiz ishchi-xodimlari ongida korrupsiyaga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaviy holatlarning yuzaga kelishiga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf qilish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi tamoyilini ta'minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida barcha boʻlajak islohotlar uchun poydevor yaratishdir.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi oʻzgarishlarni tahlil etganda, huquqiy asoslarning mustahkamlanishi yoki amaliy chora-tadbirlarning muntazam ravishda koʻrilayotganiga qaramasdan, 2024-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini tubdan oshirish boʻyicha belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlash, korrupsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlashda, ularni bartaraf qilishning ta'sirchan tizimini yaratishni va mukammalashtirib borishni taqozo etmoqda. Va bu tizimni yaratishda mehnatkashlik va halollik asosiy shiori boʻlgan jamiyatimiz ishchi-xodimlarining ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu bois ilgʻor xorijiy tajriba asosida korrupsiayaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida axborot berayotgan shaxslarni himoya qilishning qonuniy asoslari yaratilb, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki ushbu illatga qarshi kurashishda koʻmaklashgan ishchi-xodimlarni ragʻbatlantirish mexanizmi joriy qilindi hamda raqamlashtirish orqali jamiyat faoliyatining barcha sohalarida inson omilini kamaytirish maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologilarini keng joriy etish ishlari yanada rivojlantirilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish shunday jarayonki, u sekinlashishni, bir dam tin olishni, turgʻunlikni, ortga chekinishni kechirmaydi. Oldimizda turgan aniq maqsad va vazifalar ijrosini ta'minlashda kombinatimiz har bir ishchi-xodimi oʻz hissasini qoʻshishi lozim. Korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvi shunday illatlarki, ularni bir boshqarma yoki boʻlinmaning sa'y-harakati bilan yoʻq qilib boʻlmaydi. Qachonki, Kombinatimizning barcha ishchi-xodimlari bu illatga qarshi kurashib, ularning mavjud ildizlarini yoʻq qilishga kirishilsagina ijobiy natijalarga erishish mumkin.

Bugungi kunda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga qarshi kurashish kombinatimizda birlamchi umumiy maqsadga aylandi. Kombinat ishchi-xodimlaridan korrupsiyaning har qanday shakliga nisbatan murosasizlik muhitini yaratishda mas'uliyat bilan ishtirok etishlarini so‘rayman. Sizlarni befarq bo‘lmaslikka, poraxo‘rlik va korrupsiya, qarindosh-urug‘chilik, manfaatlar to‘qnashuviga qarshi kurashda faol hayotiy pozitsiyani egallashga chaqiraman.

To‘lqin XOJIYEV

Korporativ xavfsizlik va resurslarni himoya qilish departamenti direktori.

 

0

(0 ovoz)



Sayt test rejimida ishlamoqda