MUZЕYGA SAYOHAT
Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi deputati Davlat Xolmuratov tashabbusi bilan shahrimizning "Birdamlik" MFY hududida yashovchi bir guruh nuroniylar, hokim yordamchisi, mahalla raisi, inspektori hamda mahalla faollari "O‘zmetkombinat" AJ tarixi muzeyiga tashrif buyurishdi.
Muzeyga kelgan mehmonlar kombinat tarixiga oid ma'lumotlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ularga kombinatimizning ishlab chiqarish faoliyati haqidagi videolavhalar namoyish etildi. Mahalla a'zolari kombinat haqida yetarlicha taassurotlarga ega bo‘ldilar. Mehmonlarga kombinat tarixiga oid kitoblar, ko‘p nusxali "Metallurg minbari" va "За mеталл" gazetalari taqdim etildi.