Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Rahbariyatning chiqish va bayonotlari

BAYRAM TABRIGI

14.01.2024 14.01.2024 74

Aziz va qadrli metallurglar!

Bugun 14-yanvar – bizning tinch va osuda hayotimiz xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari – Vatan himoyachilari kunidir!

Bu kun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topgan muhim sana hisoblanib, mustaqillikka erishganimizdan buyon keng nishonlanib kelinmoqda.

Qurolli Kuchlarimiz yoshlarning irodasini mustahkamlaydigan, ularni o‘z Vatani va xalqiga sadoqat ruhida tarbiyalaydigan mardlik va jasorat maktabiga aylandi. Bundan kelib chiqib, o‘g‘lonlarimizning harbiy xizmatga qiziqishi va intilishi tobora kuchayib bormoqda.

Bugungi kunda Vatanni himoya qilish yoshi, faoliyat sohasi va kasbidan qat'iy nazar har bir fuqaro shunday chinakam sharafli burchini bajarshiga haqlidir.

Ona yurtimiz har doim o‘zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o‘zi yashayotgan yurt tuprog‘ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o‘z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi.

Uzoq yillardan buyon kombinatimizning himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘mondonligiga qarashli 99342-harbiy qismi, Idoraviy harbiylashtirilgan qorovulligi hamda "O‘zmetkombinat" aksiyadorlik jamiyati obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish bo‘limi kabi ishonchli qo‘llarda bo‘lib, ular o‘zlarining samarali mehnat faoliyati bilan barchaga namuna bo‘lib kelishmoqda. Kombinatimiz xavfsizligini yuqori darajada ta'minlayotgan bunday o‘g‘lonlarimizni kombinatimiz ravnaqiga, erishilayotgan yutuqlariga qo‘shayotgan munosib hissasi va o‘z kasblariga bo‘lgan fidoyiligini barchamiz birdek qadrlaymiz.

Vatan himoyachilari kuni faqat harbiy kishilarning emas, balki shu zaminda yashayotgan barcha fuqarolar – metallurglar, o‘qituvchi yoki shifokor bo‘ladimi, tadbirkor yoxud bog‘cha tarbiyachisi bo‘ladimi, kim bo‘lishidan qat'iy nazar barchaning bayrami hamdir.

Shunday ekan, bayram munosabati bilan yurtdoshlarimizni, kombinatimizni qo‘riqlayotgan harbiy qismni, Idoraviy harbiylashtirilgan qorovullik jamoasini va metallurglarni, Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklayman hamda ularga oilaviy tinchlik-xotirjamlik va sog‘liq-salomatlik tilayman.

Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga to‘la bo‘lsin. Vatanimiz osmoni doimo musaffo bo‘lishi uchun har doimgidek o‘z kuch-g‘ayratingizni ayamang! Yana bir bor bayram muborak, azizlar!

Rashid Pirmatov, ​​"O‘zmetkombinat" AJ boshqaruv raisi – bosh direktor.

 

0

(0 ovoz)



Sayt test rejimida ishlamoqda