Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar /

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi va “Yoshlar innovatsion konferensiya"

19.07.2024 19.07.2024 55

Yoshlar oyligi doirasida Metallurglar madaniyat saroyida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi va “Yoshlar innovatsion konferensiyasi" tashkil etildi.

Bu tadbirni “O‘zmetkombinat” AJ boshqaruvi raisi – bosh direktor Rashid Pirmatov ochib, barchani kelayotgan “Yoshlar kuni” bilan tabrikladi. Kombinatimiz yanada taraqqiy etishida yoshlar munosib hissalarini qo‘shishlariga ishonch bildirib, ularga muvaffaqiyatlar tiladi.

Noan’anaviy, rasmiyatchilikdan holi o‘tkazilgan ochiq muloqotda yoshlar o‘z muammolarini, fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ular o‘zlarini o‘ylantirayotgan masalalar, qiziqtirayotgan savollarni o‘rtaga tashladilar.
Tadbirda yoshlarning maqsadlariga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilishiga har tomonlama ko‘mak berish kombinat rahbarlarining eng ustuvor vazifasi bo‘lib qolishi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Yoshlar innovatsion konferensiyasida” 11 ta loyiha taqdimoti o‘tkazildi.

Yosh iqtidorli metallurglardan To‘lqin Nosirovning “Import o‘rni bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish va po‘lat zoldirlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish”, Raximjon Sultonovning “Ikkilamchiqorametallar” filiallari faoliyati tarixi va ularning texnik taraqqiyoti”, D. Yoqubovning “Elektrda po‘lat eritish pechlarining aspiratsiya changidagi ruhni tiklash jarayonini tadqiq qilish”, B. Fozilovning “Texnogenik mayda chiqindilarni briketlash”, D. Jalilovning ”Zoldir prokatlash stanining tepadan kirish vintli kalibrlari uchun geometrik ko‘rsatkichlarni aniqlash”, D. Xo‘jaqulovning “Milliy charxpalak”, A. Norqulovning “Shixta oralig‘i kranlarining ishi” kabi kombinatda bugungi kundagi dolzarb loyihalari taqdim etildi.

Kombinat rahbariyati bu loyihalarni qo‘llab-quvvatlab, ularni amalga oshirish bo‘yicha fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tadbir davomida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda 11 nafar loyiha mualliflariga, bir guruh yosh metallurglarga “Tashakkurnoma” va qimmatbaho esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, "Yosh kitobxon", "Yosh laborant" ko‘rik-tanlovida g‘olib va sovrinli o‘rinlarni egallagan tanlov ishtirokchilariga ham “Tashakkurnoma” hamda pul mukofotlari taqdim etildi.

Tadbirdan so‘ng ishtirokchilar “Baxt uyi”ga bayram dasturxoniga taklif etildi. U yerda Metallurglar madaniyat saroyining badiiy havaskorlari konsert dasturini namoyish etishdi.

 

0

(0 ovoz)



Sayt test rejimida ishlamoqda