Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Ommaviy tadbirlar

METALLURGLAR FARZANDLARI UCHUN SPEKTAKL NAMOYISH ETILDI

06.01.2025 06.01.2025 51

 

Yangi yil rang-barang tadbirlarga boy bayramdir. Metallurglarimiz farzandlari ham 2025-yilni katta taassurotlar bilan qarshilashdi. 
Albatta, farzandlarimiz ertaklar olamiga sho‘ng‘ishni, ushbu bayramning sehr va sirini his qilishni xohlashadi. 

3-4-yanvar kunlari Kombinat Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan Metallurglar madaniyat saroyida O‘zbekiston Yoshlar teatri ijodiy jamoasi tomonidan kombinat ishchi-xodimlarining farzandlari uchun Walt Disney kinostudiyasining "Simba: Sherlar to‘dasi jangi" spektakli namoyish etildi.

Spektakl avvalida bolajonlar bilan Qorbobo va uning nabirasi Qor qiz jonli muloqot qildi. 
Shundan so‘ng spektakl namoyish etildi. 
Spektakl qahramonlarining bevosita bolalar bilan interaktiv muloqotga boy sahnalari va rang-barang kostyumlar bolajonlarda yuqori bayramona kayfiyat uyg‘otdi.

 

0

(0 ovoz)