Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Rahbariyatning chiqish va bayonotlari

KORRUPSIYaGA QARShI BIRGALIKDA KURAShAMIZ!

31.01.2025 31.01.2025 43

   Korrupsiya shunchaki jinoyat yoki huquqbuzarlik emas, balki ma’naviy buzilish holati hamdir. Ushbu illat fuqaroning davlat vakili bilan ma’muriy munosabatlari ma’no-mohiyatini o‘zgartirib, jamiyat uchun ham, davlat uchun ham salbiy oqibatlarga sabab bo‘ladi. Aynan shunday oqibatlar sababli ko‘plab davlatlarning inqirozga yuz tutgani ham tarixdan ma’lum.
   Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev davlat boshqaruviga kelgach 2017-yilda qabul qilingan ilk normativ hujjatlardan biri “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun bo‘ldi. Shundan boshlab mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilmoqda.
 Keyingi davrda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish borasida bir qator zarur choralar ko‘rildi. Bu haqda to‘xtalayotganimiz-ning sababi shuki, jamiyatning har bir a’zosi qonunlarni, xususan, korrupsiya bilan bog‘liq qilmishning huquqiy oqibatlarini yaxshi bilishi kerak. Qonunni bilmaslik, uning mazmun-mohiyatidan bexabarlik, tabiiyki, korrupsiya jinoyatini sodir etgan shaxsning jazodan qutulib qolishiga imkon bermaydi. Chunki pora olgan ham, bergan ham, pora olish-berishda vositachilik qilgan ham muqarrar jinoiy javobgarlikka tortiladi. Qonun talabi shunday.
 Korrupsiyaga barham berishga faqat davlat va hukumatning kuchi bilangina erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun mazkur ijtimoiy illatga qarshi butun jamiyat, barcha fuqarolar oyoqqa turmog‘i, kurashmog‘i zarur. 
 Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari, ta’bir joiz bo‘lsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o‘tishimiz kerak.”
 Bu jarayonda “O‘zmetkombinat” AJ ma’lum ishlarni amalga oshirmoqda. Kombinatimizda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirish uchun tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Kombinat faoliyatining ochiq va oshkoraligini ta’minlash va mas’uliyatini oshirish, byurokratiyani kamaytirish va davlat xizmatlarini soddalashtirish, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan mexanizmlarni amaliyotga keng joriy etayapmiz. Xususan komplaens va samaradorlikni baholash reyting tizimlari yo‘lga qo‘yildi. Davlat xaridlari to‘liq raqamlashtirildi. 
 Aziz metallurglar! Korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurashda har birimiz faol ishtirok etishimiz shart. Har birimiz qaerda, qanday muammoga duch kelsak, uning hal etilishida mas’ul shaxslarning mas’uliyatsizligi yoki ta’magirligiga guvoh bo‘lganda sharoitga bo‘ysunish, indamay ketaverish yoxud chidash o‘rniga bong urishimiz kerak. 
 Zero, korrupsiyaga qarshi kurashish har bir sof vijdonli insonning, demokratik jamiyat va davlatning muqaddas burchidir.

 

Akmal ShARIPOV,
“O‘zmetkombinat” AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari – Umumiy masalalar bo‘yicha direktor.

 

5.00

(2 ovoz)