Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Biz haqimizda / Bizning faxrimiz

O‘Z KASBIMDAN FAXRLANAMAN.

05.02.2025 05.02.2025 44

 

   U kombinatimizda mehnat qilayotganligiga 25 yildan oshdi. Mana shu davr mobaynida vazifalarini namunali bajarib, hamkasblariga mehnatda o‘rnak ko‘rsatib keldi.

   O‘. Berdiqulov kombinatga 2000-yil Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasida po‘lat quyuvchi yordamchisi vazifasida ish boshlagan. Keyinchalik, 2001-yil Navli prokatlash bo‘linmasining yuklash bo‘limida yuklovchi-saralovchi brigadiri vazifasida mehnat qilib kelmoqda. Dastalab ish faoliyatida unga ustozlari Abduvali Abduvaliyev va Alijon Mirzayevlar ustozlik qilishgan. Oradan yillar o‘tib o‘z ham ustozga aylandi va shogirdlari Murodjon Hamroqulov, Shahboz Berdimurodov, Dilshod Boymatovlar bilan faxrlanadi. Ishda hamkasblari orasida hurmat qozonish bilan bir qatorda, shaxsiy hayotda ham baxtli oila boshlig‘i va uch nafar farzandning otasidir.

   Uning so‘zlariga qaraganda shu yerda halol mehnat qildi va oilasini moddiy tomondan ta’minladi. Shu bilan bir qatorda farzandlarini uyli joyli qilib ko‘zlagan maqsadlaridan biriga erishdi.  «Mehnat qilgan elda aziz» deyishadi. Albatta, bugun o‘z mehnati ortidan hurmat qozongan va kasbidan faxrlangan O‘tkir aka ham tanlagan kasbidan afsuslanmaydi. Sababi bugungi kunda qancha hurmat e’tibor topgan bo‘lsa barchasi ana shu kasbini orqasidan erishgan.

 

0

(0 ovoz)