Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

TIBBIY KO‘RIK O‘TKAZILMOQDA.

14.02.2025 14.02.2025 63

   

   Kombinatimiz ishchi-xodimlari har yili Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2012-yil 10-iyuldagi 200-sonli buyrug‘iga asosan profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

  2025-yilning 13-yanvaridan boshlab “O‘zmetkombinat” AJning 1 317pr-sonli buyrug‘iga asosan tarkibiy bo‘linmalarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar “Metallurg” nomli shifoxona poliklinikasida profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

   Poliklinikada kombinat boshqaruvi buyrug‘iga asosan tuzilgan jadval bo‘yicha 8 ta guruhga bo‘lingan xolda o‘tilmoqda. Tibbiy ko‘rikni yanada sifatli bo‘lishini ta’minlash uchun esa bir kunda 50 kishi shifokorlar nazoratidan o‘tkazilmoqda.

  Joriy yilning 31-iyul kuniga qadar davom etadigan profilaktik tibbiy ko‘rikda metallurglar  terapevt, stomatolog, kardiolog, nevropatolog, otolaringolog, travmatolog, xirurg, oftalmolog, ginekolog, psixiatr, kojvenerolog UTT, umumiy qon tahlili, qonni RMP ga tekshiruvi, qon bioximik tekshiruvlaridan o‘tishadi.

 

5.00

(1 ovoz)