Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Biz haqimizda / Bizning faxrimiz

MEHNATDA FAOL AYOLLARIMIZDAN BIRI

17.02.2025 17.02.2025 18

  O‘zining 43-yillik umumiy ish stajiga ega bo‘lgan Munavvar Berdiqulova ham jamiyatimizda o‘z o‘rnini topgan holda boshqalarga namuna bo‘lib kelmoqda.
M. Berdiqulovaning 43-yillik ish stajining 29-yili “O‘zmetkombinat” AJda o‘tmoqda. U 1996-yildan beri kombinatning bir nechta tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilib uning rivojlanishida hissasini qo‘shishdan charchamadi.

Qahramonimiz 2003-yildan hozirgi kunga qadar Zoldir prokatlash bo‘linmasida boshqaruv pult operatori vazifasida ishlab kelmoqda.
O‘tgan davr mobaynida kasb sirlarini o‘rganishda ustozi Farhod Mavlonovdan ko‘plab saboqlar olgan. Uning mehnatini munosib baholagan kombinat rahbariyati bir qancha faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlagan.

Xar doim oqila, go‘zal ayollarimiz o‘zlarining g‘amxo‘rligi, mehribonligi, qalbi daryoligi, topqirligi bilan oiladagi, qolaversa, butun jamiyatdagi muhim mo‘tadillik muvozanatini saqlab kelgan. Binobarin, bugungi kunda ayol avvalo, oila bekasi, ona, millat kelajagini yaratuvchi, avlodlar bardavomligini ta’minlovchi, davlat ishlarida biz bilan tengma-teng mehnat qilayotgan mo‘tabar zot sanaladi.
Mo‘tabar Berdiqulova ham yurtimizning ana shunday jonkuyar va mehnatkash ayollaridan biridir.

 

0

(0 ovoz)