Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

O‘zbekiston Milliy banki dam olish kunlarida ham siz uchun xizmat ko‘rsatadi.

19.02.2025 19.02.2025 43

Xizmatlarning qulayligi va ommabopligini ta’minlash maqsadida bank yangi ish jadvalini joriy etdi: endi O‘zbekiston bo‘ylab bir qator bo‘limlar dam olish kunlari ham soat 09:00 dan 17:00 gacha faoliyat yuritadi.
Dam olish kunlari bankda quyidagi xizmatlardan foydalanish mumkin:
◽️ Valyuta ayirboshlash
◽️ Kommunal to‘lovlarni amalga oshirish (Munis tizimi orqali)
◽️ Plastik kartalardan naqd pul yechish va to‘ldirib berish
◽️ Xalqaro pul o‘tkazmalari (kelgan mablag‘larni yechib olish va mablag‘ yuborish)
◽️ Chiqarilgan plastik kartalarni tarqatish
◽️ Yuridik mijozlar uchun milliy valyutada to‘lovlarni amalga oshirish. 

Milliy mobil ilovasi orqali amalga oshiriladigan amaliyotlar:

◽️ Milliy ilovasini o‘rnatish va ro‘yxatdan o‘tkazish 
◽️ Push-xabarnomalarni yoqish (SMS/Telegram bot o‘rniga) 
◽️ Onlayn omonat ochish va boshqarish
◽️ Onlayn mikroqarz olish uchun ariza yuborish
◽️ Pul o‘tkazmalari (kartadan kartaga, banklararo va xalqaro o‘tkazmalar) va barcha to‘lovlarni amalga oshirish 
◽️ PIN-kodni o‘rnatish va almashtirish
◽️ Kartani bloklash va blokdan chiqarish, tranzaksiyalarga cheklov qo‘yish (naqd pul olish, onlayn xaridlar va boshqalar).

O‘zbekiston Milliy banki — doimo siz bilan birga! 

Ofislarning manzillari va ish tartibi bilan havola orqali tanishish mumkin.

 Batafsil ma’lumot uchun:
1344 qisqa raqami yoki +998 78 148 00 10

 

0

(0 ovoz)