Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

PENSIYAGA KUZATILDI.

19.02.2025 19.02.2025 32

 

   18-fevral kuni Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasida kranlarning mexanik uskunalarini ta’mirlash bo‘yicha brigadiri Komiljon Sodiqov pensiyaga kuzatildi. Komiljon aka ushbu bo‘linmada 20-yildan ortiq mehnat qildi. Mana shu davr mobaynida vazifalarini namunali bajarib, hamkasblariga mehnatda o‘rnak ko‘rsatib keldi.

   Shu kuni barcha ishtirokchilar nafaqaga kuzatilayotgan Komiljon Sodiqovga iliq tilaklarini bildirib, milliyligimiz ramzi bo‘lgan do‘ppi, chopon hamda esdalik sovg‘alarini topshirishdi.

   "Mehnat qilgan elda aziz" deyishadi. Albatta, bugun o‘z mehnati ortidan hurmat qozonayotgan metallurglar ko‘plab topiladi. Jumladan, Komiljon Sodiqov ham ana shunday kasb egalaridan biri sanaladi. Biz ularning bundan keyingi hayot yo‘llarida mustahkam sog‘lik va omad tilab qolamiz.

 

0

(0 ovoz)