Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Biz haqimizda / Bizning faxrimiz

OLOV QALB KASB EGALARI 

21.04.2025 21.04.2025 113

 

Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasining Po‘latga pechdan tashqari ishlov berish uchastkasida hozirgi kunda 30 yaqin ishchi-xodimlar mehnat qilib kelishmoqda. Ularning asosiy ish vazifalari pechda eritilgan po‘latni belgilangan haroratda ushlab turib, buyurtmaga asosan kimyoviy tarkiblarni qo‘shib yarim tayyor mahsulotni maromiga yetkazib tayyorlash va uni Uzluksiz po‘lat quyish qurilmasiga yetkazib berishdan iborat. 
Jamoa mutaxassislarining so‘zlariga qaraganda, sifatli po‘lat quymalarini ishlab chiqarishda rivojlangan davlatlar tajribasiga asoslangan holda ishlar amalga oshirilmoqda. Albatta, ularning ishlarini oson deb bo‘lmaydi, sababi ular 1500 dan ortiq darajadagi issiq holatdagi po‘latning oldida turib, xar qanday vaziyatga qaramasdan shijoat bilan mehnat qilib kelishmoqda. Shuni ham unutmaslik lozimki, bu yerda qanchalik sifatli po‘lat quymalari tayyorlab berilsa, undan ana shunday talabga javob beradigan tayyor mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Demak Po‘latga pechdan tashqari ishlov berish uchastkasida ishlayotgan kasb egalarining zimmalariga muhim mas’uliyat yuklatilgan. Smena ustasi Ikrom Raimjonov, po‘lat erituvchi yordamchilari Valijon Dadaboyev, G‘afur Samandarov, Shavkat Abdualiyev, Farhod Jabborov kabi soha xodimlari vaqtdan unumli foydalangan xolda topshiriqlarni uddalab kelmoqda.

 

0

(0 ovoz)