Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

YOSHLAR BILAN UCHRASHUV

28.04.2025 28.04.2025 48

Joriy yil 23-aprel kuni Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida kombinat rahbariyatining yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi. 
Tadbir O‘zbekistonRespublikasi Prezidentining yoshlar bilan ishlash masalalariga bag‘ishlangan topshirig‘i asosida, yoshlarga oid davlat siyosati doirasida tashkil etildi.  Uchrashuvdanko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarni o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish va muvaffaqiyatli kelajak yaratishda qo‘llab-quvvatlash, yuzaga kelayotgan muammolarni hal etishga ko‘maklashishdaniborat edi.
 “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisining o‘rinbosari – Umumiy masalalar bo‘yicha direktor Akmal Sharipov tuman yoshlarini chettillarga, kasb-hunarga o‘qitish, ularga tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligi faoliyatini tashkil etishlarida ko‘maklashish hamda mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirishorqali bandligini ta’minlash, hayotda o‘z o‘rinlarini topishlariga yordamlashish, shuningdek, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish masalalarinitadbir ishtirokchilari bilan muhokama qildi. Uchrashuvda O‘rta Chirchiq tumani hokimligi hamda yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i va yoshlar yetakchilari ham ishtirok etishdi. Ular kombinat rahbariyati bilanbirgalikda yoshlarning ishga kirishlari, chorvachilik, yakka tartibdagi tadbirkorlik, yer ajratish hamda biror bir kasb yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish masalalaridagimurojaatlari ko‘rib chiqishdi.

 

 

0

(0 ovoz)