Bekor qilish
1
x
)Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz
bosqichni tanlaysiz
Ochiq ma`lumotlar
Ochiq ma`lumotlar
Rasmiy veb-saytda axborotlarni joylashtirish va elektron davlat xizmatlari ko`rsatish
Ijtimoiy ahamiyatga molik ma`lumotlar
Byudjet jarayonining ochiqligi
Ochiq ma`lumotlar portalida ma`lumotlar joylashtirish
Ommaviy kommunikatsiya texnologiyalarining joriy qilinishi
Korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olish
Biz haqimizda
Kombinat haqida
Hamkorlik
Bizning faxrimiz
Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
Manfaatlar to'qnashuvi haqidagi ma'lumotlarni oshkor qilish deklaratsiyalarining namunaviy shakllari
Boshqaruv Raisi-bosh direktor murojaati
Komplayens xizmatining maʼsul xodimlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki idoraviy hujjatlar
Targ‘ibot materiallar
Korrupsiya haqida xabar berishga mo‘ljallangan aloqa kanallari
Korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha maʼlumot
Amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot
Kadrlarni tanlashda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish tizimi
Korporativ boshqaruv
Boshqaruv va nazorat organlari
Boshqaruv va nazorat organlari
Boshqaruv organlari
Nazorat organlari
Ichki hujjatlar
Ma`lumotlarni oshkor qilish
Ma`lumotlarni oshkor qilish
Sof foydani taqsimlash
"O‘zmetkombinat" AJ aksiyadorlari to‘g‘risidagi ma’lumot
Kombinat tuzilmasi
Hisobotlar
Biznes-reja
Muhim faktlar
Xabar berish shakli
Investitsion portfeli
Аxborot tahlili – chorak va yillik statistika
Boshqaruv organini mukofotlash to'g'risida ma'lumot
Korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalari bo`yicha xulosa
Rioya qil yoki tushuntir
Affillangan shaxslar ro'yxati
Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorlar va emissiya risolalari
MHXS bo'yicha hisobotlar
Audit xulosasi
Aksiyadorlarga
Bizning yutuqlar
Bizning yutuqlar
Malaka oshirish
Reytinglar
Investorlarga
Investitsion jozibadorlik
Investorlar uchun aloqalar
Atrof-muhit va ISTB
E’lon
Axborot xizmati
Axborot xizmati haqida
Yangiliklar
Bizning gazetalar
Bizning gazetalar
"Metallurg minbari" gazetasi
«За металл» gazetasi
Interaktiv xizmatlar
Interaktiv xizmatlar
So`rov
Forum
Savol-javob
Eng ko'p beriladigan savollar
Obuna
Bizning jamoa
Gender tenglik
Aloqalar
Bizning manzil
Bizning rekvizitlar
Rahbarlarning qabul qilish tartibi va jadvali
Xaridorlar uchun kontaktlar
Xomashyo bilan taʼminlovchilar uchun
Aloqaga chiqish
Ishonch telefoni
Yagona telefon faoliyati
Aksiyadorlar uchun
Xorijiy investorlar uchun
Monopoliyaga qarshi komplayens
Raqobat cheklanishi haqida xabar ber
Bosh sahifa / Biz haqimizda / Bizning faxrimiz
O‘Z DAVRINING MASHHUR PO‘LAT ERITUVCHISI
02.05.2025
02.05.2025
256
Mamajon Yodgorov mamlakatda o‘z davrining mashhur po‘lat erituvchilaridan biri bo‘lgan. Otaxon mehnatda erishgan yutuqlari uchun ikki marta orden bilan mukofotlangan. O‘sha davrning nufuzli markaziy organlari a’zosi, eng e’tiborli anjumanlar delegati bo‘lgan.
1982-yil O‘zbekiston metallurgiya zavodi tomonidan o‘sha davrdagi mamlakatning eng zo‘r yengil mashinasi bo‘lgan “Volga” bilan mukofotlangan.
Mamajon Yodgorov bir yoshligida otasi urushga ketib 1942-yilda dom-daraksiz ketgan. U yolg‘iz farzand sifatida onasining yaqin dastiyori bo‘lgan. Shuning uchun ham yoshlikdan mehnatdan qochmaydigan, har qanday ishni do‘ndirib tashlaydigan inson bo‘lib voyaga yetgan. O‘quvchilik davrida metallurgiya sohasiga qiziqib qolgan. Shuning uchun ham 1959-yil o‘rta maktabni tugatganidan so‘ng Bekobod kasb-hunar bilim yurtiga o‘qishga kiradi. Oradan ikki yil o‘tib o‘qishni bitirganidan so‘ng O‘zbekiston metallurgiya zavodining Prokat sexiga – tunika ishlab-chiqarish uchastkasiga ishga qabul qilinadi. Dastlab valsalovchi yordamchisi bo‘lib ish boshlaydi.
– O‘sha paytlarda Ismoil aka Madaminov Prokat sexida usta bo‘lgan, meni o‘zining brigadasiga ishga chaqirib olgan edi. Bu kishi mening ustozim bo‘lgan, – deb eslaydi Mamajon ota.
Ustozi uni Bekobod shahridagi og‘ir sanoat texnikumining kechki bo‘limiga o‘qishga kirishga tavsiya etadi. Texnikumga o‘qishga kirganidan so‘ng ish vaqti boshlanguncha yoki ishdan keyin darsga qatnab, ham o‘qib, ham ishlaydi. 1966-yil po‘lat erituvchi mutaxassisligi bo‘yicha diplom oladi.
Ustozi “O‘qishni bitirgan bo‘lsang, po‘lat quyuvchilikka o‘tasan” deb o‘sha yillari Marten sexi boshlig‘i bo‘lgan Rixsivoy Yusupovning oldiga olib boradi. Shundan so‘ng M. Yodgorov po‘lat erituvchi yordamchisi bo‘lib ish boshlagan. 1969-yildan boshlab esa mustaqil po‘lat erituvchi bo‘lib ko‘p yillar mehnat qildi.
Chehrasidan nur, aql-zakovat taralib turgan, og‘ir-vazmin, mulohazali bu otaxon o‘zi haqida shunday deydi: “30 yil bekobodlik metallurglar jamoasida ishladim. Og‘ir ishda yuqori haroratda ishlaganim uchun 1991-yil 50 yoshimda pensiyaga chiqdim. Pensiyadan keyin yana 4 yil – 1995-yilgacha zavodda ishladim. Shundan so‘ng dehqonchilik bilan shug‘ullandim”.
– 1972-yilda Rossiyaning Cherepevskiy zavodida metall eritish tanlovida qatnashganimda “Men O‘zbekistondan keldim, O‘zbekistonda metall zavodi bor”, – desam, ular hayron bo‘lishib, “O‘zbekiston qaerda”, – deb so‘rashgan. Allohga shukr mustaqilligimiz sharofati bilan yurtimizni butun dunyo tanidi, tan oldi, – deydi 84 yoshli otaxon.
M. Yodgorov 1978-yilda Ukrainaning Zaporoje zavodida metall eritish tanlovlarida ham qatnashgan. Bu tanlovlarda u zavodimiz sharafini munosib himoya qilgan.
– Meni 1982-yil zavod tomonidan o‘sha davrdagi mamlakatning eng zo‘r yengil mashinasi bo‘lgan “Volga” bilan mukofotlandim. Allohga shukur, halol mehnatim bilan hamma narsaga erishdim. Mening shu darajaga yetib kelishimda to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgan ustozim Ismoil aka Madaminovni ham hanuz hurmat bilan eslayman. Shuningdek, yana Ochilov Ravshan aka, Bo‘ron aka kabi sofdil, mehribon insonlarning maslahatlarini to‘g‘ri qabul qilib, mehnatda yaxshi natijlarga erishganman. Bu insonlar juda mehr-oqibatli bo‘lganliklarini, doimo yordam berganliklarini o‘ylab, ular haqiga duolar qilaman. Bizning xalqimizdek mehr-oqibatli, insof-diyonatli millat bo‘lmasa kerak.
Endilikda Mamajon Yodgorov piru-badavlat otaxonlardan biri. Farzandlari, nabiralari, shogirdlari ardog‘ida keksalik gashtini surib umrguzaronlik qilmoqda.
5.00(10 ovoz) |
||
SAYT XARITASI
BIZ HAQIMIZDA
KORPORATIV BOSHQARUV
INVESTORLARGA
BARQAROR RIVOJLANISH
ISHLAB CHIQARISH
AXBOROT XIZMATI
ALOQALAR
BO'SH ISH O'RINLARI
ONLAYN KUTUBXONA
Qoidabuzarlik va korrupsiya bo`yicha ma`lumot berish uchun telegram bot: @UMK_ANTICOR_BOT
IJROIYA APPARATI
O`zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Bekobod shahri, Sirdaryo ko`chasi |
Info@uzbeksteel.uz |
Ishonch telefoni
+99871 913-16-02 |
ALOQALAR
Sotuv bo`limi:
+99 890 902 71 02 | |
+99 871 214 16 94 |
Mijozlar bilan ishlash:
Info@uzbeksteel.uz |
AXBOROT XIZMATI
O`zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Bekobod shahri, Sirdaryo ko`chasi |
Info@uzbeksteel.uz |
Ma`lumot pasporti
Birinchi chop etilgan sana:
So`ngi o`zgartirilgan sana:
Ma`lumotlar to`plami nomi:
Mas`ul shaxs bilan bog`lanish: