Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

MEHNAT XAVFSIZLIGI – BARQAROR VA SAMARALI ISHLASHNING USTUVOR YO‘NALISHIDIR

02.05.2025 02.05.2025 50

   

Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasi majlislar zalida mehnat muhofazasi, sanoat xavfsizligi va ekologik holat yuzasidan o‘tkazilgan kompleks tekshiruv natijalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir har yili kombinatda 2-sonli buyruq asosida o‘tkaziladi.Tekshiruvning asosiy maqsadi – ish joylarida baxtsiz hodisalarning oldini olish va ularning profilaktikasini ta’minlashdir.
Yig‘ilishda kombinatning yetakchi mutaxassislari, Sanoat xavfsizligi boshqarmasi va Favqulodda holatlar hamda radiatsiya xavfsizligi bo‘limi rahbarlari, nazorat xizmati muhandis va mutaxassislari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida normativ hujjatlardagi dolzarb o‘zgarishlar, ishlab chiqarishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, kasbiy kasalliklarning oldini olish hamda xodimlar uchun tibbiy xizmat sifatini oshirish masalalari muhokama etildi. Alohida e’tibor mehnatda jarohatlanishning oldini olishga qaratildi.
Sanoat xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Gulmira Toshmatova mehnat muhofazasi masalalariga tizimli yondashuvning, favqulodda holatlarning oldini olishda o‘z vaqtida chora ko‘rishning hamda har bir ishlab chiqarish uchastkasida xavfsiz mehnat sharoitini yaratishning muhimligini ta’kidladi.

 

0

(0 ovoz)