Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Rahbariyatning chiqish va bayonotlari

Bayram tabrigi

08.05.2025 08.05.2025 223

Hurmatli metallurglar, qadrli ishlab chiqarish faxriylari, hamkorlarimiz va bekobodliklar!

Sizlarni Xotira va qadrlash kuni hamda buyuk G‘alabaning 80 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Bu shonli sanani biz doimo cheksiz quvonch va cheksiz iztirob bilan nishonlaymiz. Vatan ozodligi uchun, hozirgi tinch-omon kunlar uchun jang maydonlarida halok bo‘lgan ota-bobolarimizni, front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasini yod etib, hurmat bajo keltiramiz.

Bizning burchimiz – Buyuk G‘alaba va g‘oliblarning jasorati va matonati haqidagi haqiqatni asrab-avaylash va kelajak avlodlarimizga yetkazishdir. Bu g‘oliblar orasida bekobodlik bo‘lajak metallurglar, quruvchilar, sementchilar ham bor edi. Endilikda ularning avlodlari ota-bobolarining ulug‘vor an’analarni davom ettirmoqda.

Bu muhim va unutilmas bayramlar – Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni, Xotira va qadrlash kuni hamda Bekobod shahrining 80 yilligi avlodlar almashinuvi, erishilgan natijalar uchun g‘urur va kelajakka ishonchning birlashtiruvchi timsoliga aylandi.

Metallurglarga, ishlab chiqarish faxriylariga, hamkorlarimizga jonajon Vatanimiz ravnaqiga qo‘shgan hissasi uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. Barchaga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, bitmas-tuganmas kuch-quvvat, yangi ishlab chiqarish muvaffaqiyatlari tilayman!

Dilshod AXMEDOV, “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi – Bosh direktor.

 

4.00

(4 ovoz)