Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

MEHNAT JASORATINING SOLNOMASI

19.05.2025 19.05.2025 33

 

“O‘zmetkombinat” AJ tarixi muzeyi shahrimizning madaniy-ma’rifiy maskanlaridan biridir. Nafaqat metallurglar, balki shahar mehmonlarining ham muzeyga tashrif buyurishlari an’ana bo‘lib qoldi.
Bu joyda siz noyob fotosuratlar va hujjatlarni ko‘rishingiz, korxonamizning qurilishidan tortib, ayni paytdagi faoliyati, ishlab chiqarayotgan mahsulotlar, taniqli metallurglar to‘g‘risida to‘liq ma’lumot olishingiz mumkin. Muzeyda mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar ham tashkil etilib turiladi. 
Faqat o‘tgan yilning o‘zida bu maskanga 3000 dan ortiq kishi tashrif buyurgan. Muzey tashkil etilganidan beri esa 65 000 kishi kombinat tarixi bilan tanishgani kelgan. Ular orasida nafaqat metallurglar va Bekobod shahri aholisi, balki maktab va universitet talabalari, olimlar, jahon sanoat kompaniyalari mutaxassislari, O‘zbekiston va xorijdan davlat va jamoat arboblari bor. 
Muzey bekobodlik bir necha avlod metallurglari mehnat jasoratining solnomasidir. Kombinat tarixi muzeyi O‘zbekiston qora metallurgiyasi sanoati tarixini, bugungi qudratini ko‘rsatadi. Yoshlarni yangi yutuqlarga ilhomlantiradi va o‘tmish, bugun va kelajak o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’minlaydi. 

 

0

(0 ovoz)