Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Rahbariyatning chiqish va bayonotlari

QURBON HAYITI TABRIGI

06.06.2025 06.06.2025 5

Aziz metallurglar! 

Mehr-muruvvat, ezgulik va saxovat ramzi – muborak Qurbon hayiti bilan barchangizni tabriklayman!

Yurtimizdagi har bir mahalla, shaharda, shu jumladan korxonalarda ham tinchlik va obodlik, jamiyatimizdagi o‘zaro hurmat, hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashda Qurbon hayiti singari azaliy bayram va qadriyatlarimizning o‘rni va ta’siri tobora ortib bormoqda.

Biz tabarruk dinimiz va o‘lmas qadriyatlarimiz, sabru qanoat va shukronalik singari ulug‘ fazilatlarni mustahkamlab kelayotgan muborak Qurbon hayitining barhayot an’analari asrlar osha insonlarni, turli xalqlar va elatlarni birlashtiruvchi beqiyos ma’naviy kuch bo‘lib xizmat qilayotganidan faxrlanamiz.

Fursatdan foydalanib, o‘zining fidokorona mehnati bilan kombinatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelayotganlarga samimiy minnatdorchilik bildiraman.

Qadrli hamkasblar!

Siz, azizlarni muqaddas Qurbon hayiti bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.

Ulug‘ ayyom barchamizga muborak bo‘lsin!

Dilshod Axmedov, “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi – Bosh direktor.

 

0

(0 ovoz)