TAJRIBALI MUTAXASSIS – MUVAFFAQIYAT KALITI
Tajribali mutaxassis – bu nafaqat o‘z sohasida yuqori malakaga ega bo‘lgan, balki yillar davomida to‘plangan amaliy bilim va ko‘nikmalar orqali murakkab vazifalarni yechishga qodir insondir. Ular jamiyatning turli sohalarida va yo‘nalishlarda muhim o‘rin tutadi.Bekobod rangli Metallar ishlab chiqarish korxonasi MCHJda pult boshqaruvi operatori Ilhom Hamdamov mana 19-yildirki, shu yerda samarali mehnat qilib kelmoqda. Uning so‘zlariga qaraganda korxonaga kelayotgan har bir operatorga ustozlik qilib kasb sirlarini o‘rgatmoqda.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, bu yerda tayyorlanayotgan mahsulotlar respublikamizda elektrotexnika sanoatini mis mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondiradi. Bundan tashqari mahsulotlarni chetga eksport qilish ham munosib uddalanyapti.
Tajribali mutaxassis o‘z bilimini yangilashdan to‘xtamaydi. Ular ishiga yuqori mas’uliyat bilan yondashadi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda I. Hamdamov ham keyingi avlodga o‘z bilim va tajribalarini o‘tkazib, ularning kasbiy rivojlanishiga yordam bermoqda. Bu esa o‘z navbatida korxonada ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi.