Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

UCHINCHI MAVSUMGA START BERILDI

08.07.2025 08.07.2025 32

  

Yozning qizg‘in kunlari davom etayotgan bir paytda, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlaridagi faoliyat ham qizg‘in tus olgan. Mamlakatimiz bo‘ylab barcha oromgohlar kabi, “Sohil” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi ham o‘zining uchinchi mavsumiga to‘liq tayyorgarlik ko‘rdi. 
Mavsum 2025-yilning 8-iyul kunidan boshlab start oldi.

Oromgohda bu mavsumda ham bolalarning jismoniy va ma’naviy rivojlanishiga alohida e’tibor qaratiladi. Turli ma’rifiy tadbirlar, ijodiy va sport musobaqalari, psixologik treninglar, ekologiya darslari hamda sog‘lom turmush tarziga bag‘ishlangan uchrashuvlar tashkil etiladi.

Bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida har bir otryadda mas’ul tarbiyachilar, yetakchilar faoliyat yuritadi. Shuningdek, oromgoh doimiy ravishda shifokor va tibbiyot xodimlar bilan ta’minlangan. Taomlar esa sanitariya me’yorlariga to‘liq javob beradigan holda, bolalarning yoshi va salomatligiga mos holda tayyorlanadi.

“Sohil” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi uchinchi mavsumining yoz faslini doimgidek mazmunli, fayzli va foydali o‘tkazishni maqsad qilgan. Bu esa bolalarning jismonan sog‘lom, ruhan barkamol bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi.

 “Sohil” — farzandingiz uchun sog‘lom va mazmunli yozgi dam olish kafolati

 

0

(0 ovoz)