Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Biz haqimizda / Bizning faxrimiz

19-IYUL – MUNOSIB E’TIROF Shu kuni, 67 yil oldin Hofiz G‘aniyevga Mehnat Qahramoni unvoni berildi.

19.07.2025 19.07.2025 28

  

Bugun biz nafaqat O‘zbekiston metallurgiya kombinati, balki butun O‘zbekiston sanoati tarixidagi eng yorqin sahifalardan birini eslaymiz. 1958-yil 19-iyul kuni taniqli inson, novator, ustoz va o‘z ishining haqiqiy fidoyisi Hofiz G‘aniyevning mehnatlari munosib e’tirofga sazovor bo‘lgan edi. 

AFSONAGA LOYIQ UNVON
Qora metallurgiya sohasini rivojlantirishdagi ulkan yutuqlari, yuqori ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, fidokorona mehnati va zavodni tashkil etishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun Hofiz G‘aniyev eng yuqori mehnat mukofoti – Mehnat Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi. Bu e’tirof o‘n yildan  oshiq halol mehnat, kasbga fidoyilik va mukammallikka doimiy intilish natijasi edi. 

BIRINCHI PO‘LAT ERITMASIDAN ENG YUQORI UNVONGACHA
Hofiz G‘aniyevning mehnat faoliyatining boshlanishi urushdan keyingi og‘ir yillarga to‘g‘ri keldi. U O‘zbekiston metallurgiya zavodining tarixi endigina boshlanayotgan bir paytda marten pechida ish boshladi. 1944-yilda birinchi po‘lat eritishda qatnashdi, sexda texnologiyalarni o‘zlashtirdi, yosh mutaxassislarni ishga o‘rgatdi, innovatsion takliflarini ishlab chiqarishga joriy qildi va po‘lat eritish rejalarni izchil ravishda ziyodi bilan bajarib keldi. 

HAM USTA, HAM USTOZ
Hofiz G‘aniyev shunchaki po‘lat eritish ustasigina emas edi. U o‘nlab yosh metallurglarga haqiqiy o‘qituvchi va axloq-odobda ularga namuna bo‘lgan. Uning gapiga hamma quloq solardi, hayot va mehnat tajribasi ham boshqalarga ibrat edi. Uning tarjimai holi kasbga fidoyilikning chinakam namunasi bo‘lgan.

 

 

0

(0 ovoz)