Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

QURILISH HAM XUDDI FRONTDEK BO‘LGAN EDI

10.08.2025 10.08.2025 89

 

Ikkinchi jahon urushi yillarida, hamma narsa bitta maqsadga — g‘alabaga bo‘ysindirilgan bir paytda, Bekobodda ulkan qurilish ishlari boshlandi. Aynan o‘sha davrda, doimiy tanqislik, og‘ir mehnat va frontdan kelayotgan xavotirli xabarlarga qaramay, O‘zbekiston metallurgiya zavodining qurilishi boshlandi.

Zavodni loyihalash va qurish urush sharoitida, har bir mix, har bir sement xaltasi oltindek qimmat bo‘lgan davrda amalga oshirildi. Shunga qaramay, qurilish to‘xtamadi. Zavod qurilishi uchun Bekobod bejiz tanlanmadi: bu yerda zarur sharoitlar mavjud edi — qulay maydonlar, temir yo‘l borligi, qurilish materiallari yaqinligi, eng asosiysi esa — zavodga elektr energiya berishi kerak bo‘lgan qudratli Farhod GESi yaqin joyda qurilishi rejalashtirilgan edi.

1942-yil kuzda bu yerga ilk ishchilar guruhlari yetib keldi. Ko‘p o‘tmay qurilishda 4,5 mingdan ortiq odam mehnat qilayotgan edi. Odamlar mamlakatning turli burchaklaridan kelar, har biri o‘z mehnatini g‘alabaga qo‘shilayotgan hissasi deb bilar edi. 

Qurilish haqiqiy mehnat frontiga aylangan edi. Kun-u tun, har qanday ob-havoda, dam olishsiz va shikoyatsiz quruvchilar binolar qurishdi, kommunikatsiyalar barpo etishdi, uskunalarni o‘rnatishdi. Erkaklar bilan bir qatorda ayollar va o‘smirlar ham yelkama-yelka, teng ravishda mehnat qilishardi. Masalan, ta’mirlash-mexanik sexining podstansiyasini to‘liq o‘smirlar brigadasi qurgan.

Odamlarni faqat burch va mas’uliyat hissi emas, balki yonlarida boshqalarga o‘rnak k’rsatib ishlayotganlar ham ruhlantirar edi. Frontdagi g‘alabalarga bag‘ishlangan mitinglarda quruvchilar qo’shimcha mehnat majburiyatlari olishardi. Jmladan qurilish boshlig‘i Sh. Aytmetov rejani 150–200 foizga bajarishga va’da bergan. G‘isht teruvchi A. Volkov esa uch karra me’yorda ish bajarish bilan birga, oshiqcha mehnati uchun to’langan ish haqini frontga yordam jamg‘armasiga topshirgan.

1943-yilning o‘rtalariga kelib sanoat maydonchasining loyihalash ishlari yakunlangan, yordamchi obyektlar — kompressor, mazut ombori, omborxonalar qurilishi boshlangandi.

Ammo asosiy vazifa — kelajakdagi zavod yuragi bo‘lmish martin pechlarini tezroq ishga tushurish edi. Ish kechayu kunduz davom etardi. 1944-yil 5-fevral kuni 1-sonli martin pechi quritishga qo‘yildi, oradan bir oy o‘tib, 5 mart kuni ilk eritmani berdi. Ana shu kun O‘zbekiston metallurgiya zavodining ishga tushgan kuni sifatida tarix sahifalaridan joy oldi. 

Bu muvaffaqiyatga oddiy quruvchilarning mehnatlari tufayli erishildi. Ularning fidokorona mehnatlari bilan mamlakat metallurgiyasi poydevoriga asos solindi. Urush, mashaqqatlar davriga qaramay ular o‘zlari uchun emas kelajak uchun fidokorona mehnat qilgan edilar.

 

5.00

(1 ovoz)