Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

HIZMAT KO‘RSATGAN SANOAT XODIMI

11.08.2025 11.08.2025 105

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” Akramjon Muratov Bekobodlik metallurglar jamoasida ish boshlagan kezlarini yaxshi eslaydi. 1976-yil sentabr oyida O‘zbekiston metallurgiya zavodining kadrlar bo‘limiga hujjatlarini topshirib, ishga qabul qilishlarini so‘rab ariza yozadi. Unga o‘sha paytlarda zavodda bosh energetik yordamchisi bo‘lib ishlayotgan Erkin Rahmatov qabuliga yo‘llanma beriladi.

 

Bosh energetik yordamchisi oliy ma’lumotli yosh mutaxassisni zavod direktori Ibrohim Muhammadov qabuliga olib kirib, energetika bo‘limiga ishga olishni taklif qiladi. Zavod direktori Akramjon Muratovning hujjatlari bilan tanishib chiqadi. 1951-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, 1973-yil Toshkent Politexnika institutining mexanika fakultetini tugatgan Akramjon 1973–1975-yillarda harbiy xizmatni o‘tab kelgan. 1975-yil “BekobodSavdo” korxonasida ishlaganidan so‘ng metallurgiya zavodida ishlash uchun hujjatlarini topshirgan edi.

 

Zavod direktori Akramjonga ishni sexda oddiy ishchilikdan boshlashni maslahat beradi. Direktor qabulidan so‘ng uni Energetika sexiga “apparatchi” qilib ishga qabul qilishadi. 1977-yil fevral oyida yangi qurilayotgan Elektrda po‘lat eritish majmuasining “Kislorod kompressor stansiyasi”ga ishga o‘tkaziladi. Shu kundan boshlab uning ish faoliyati “Kislorod ishlab chiqarish” bilan bog‘liq bo‘ldi. Ko‘p yillar sexda uchastka boshlig‘i vazifasida ishladi.

 

Akramjon aka Kislorod-kompressor sexida 40 yil mobaynida mehnat qildi. Bu sohada o‘zining birinchi ustozi deb, keyinchalik kombinat bosh energetigi bo‘lib ishlagan, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan muhandis” Erkin Rahmatovni biladi. Ustozining yangi qurilayotgan Kislorod-kompressor sexi qurilishida yangi uskunalarni o‘zlashtirib ishga tushirish jarayonlarida bosh-qosh bo‘lib, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, to‘g‘ri yo‘lni o‘rgatganini eslaydi.

 

— “Ustoz — otangdek ulug‘”, deganlaridek, ustozimiz Erkin Rahmatov kombinatga va biz kabi shogirdlarining kamolot cho‘qqilarini egallashimizda xizmatlari beqiyos, — deydi mehnat faxriysi Akramjon Muratov. — Bu kombinatda kechgan umrimgina emas, mehnatlarim ham zoye ketmadi, xizmatlarim davlatimiz tomonidan yuksak baholandi. 2004-yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” unvoniga loyiq ko‘rildim. Men kombinatimga, xalqimga ozmi-ko‘pmi foydam tekkanidan, umrimgina emas, mehnatlarim ham besamar o‘tmaganidan ko‘nglim tog‘dek ko‘tariladi, faxr-iforor hissini tuyaman.

 

Shunday ajoyib korxona, mehribon ustozlar va qadrli jamoa bilan faxrlanaman. Akramjon Muratov 2016-yili kombinatda mehnat faoliyatini yakunlab, nafaqaga chiqdi. Shunday bo‘lsa-da, hali-hanuz qadrdon kombinati va jamoasi bilan tez-tez uchrashib, diydorlashib, ish tajribalari bilan o‘rtoqlashib turadi.

 

0

(0 ovoz)