Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“METALLURG” PFC FAOLIYATI TIKLANDI

23.01.2026 23.01.2026 383


Bugun, 23-yanvar kuni “Metallurg” futbol klubi rasmiy ravishda qayta tashkil etildi. Klubning qayta tashkil etilishi Bekobod shahrida o‘tkazilgan tantanali tadbirda e’lon qilindi. Unda “O‘zmetkombinat” AJ boshqaruvi raisi Bahodir Abdullayev so‘zga chiqib, jamoaning tarixi va mamlakat futbolidagi ahamiyati, qayta tashkil etilishining strategik ahamiyati haqida ma’lumot berdi. Rais nutqida “Metallurg”ning nafaqat shahar, balki butun O‘zbekiston sport madaniyatidagi o‘rni qayd etildi va jamoaning kelajakdagi rivojlanish rejalari ochiq aytildi.

Tadbirda shuningdek, klubning yangi bosh murabbiyi e’lon qilindi. U jamoa tarkibi va futbolchilarni rivojlantirish bo‘yicha o‘z maqsad va vazifalarini bayon qildi. Uning boshqaruvida jamoa Proliga darajasida ishtirok etishi va barqaror natijalarga erishishi rejalashtirilgani aytildi. Yangi murabbiy yosh futbolchilarni tarbiyalash va professional muhitni mustahkamlashga alohida e’tibor berishini ta’kidladi.

Qayta tashkil etilgan “Metallurg” klubi faoliyatida nafaqat O‘zbekiston balki xalqaro maydonda tanilgan iste’dodli futbolchilar yetishib chiqishi ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, jamoa tarkibida strategik rivojlanish, legioner futbolchilar bilan ishlash va sport infratuzilmasini yanada kuchaytirish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqilgan.

Tadbir yakunida “Metallurg” muxlislari va jamoa xodimlariga yangi davr boshlangani, professional muhit va kelajakdagi yutuqlarga tayyorgarlik ko‘rilgani taqdim etildi. Klubning qayta tashkil etilishi nafaqat natija, balki ilhom va professional qadriyatlarni targ‘ib qilishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun, “Metallurg” futbol klubi 1945yilda tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston futbolida ko‘p yillik tarix va tajribani mujassam etgan professional jamoa hisoblanadi. Klub yillar davomida Superliga va birinchi liga musobaqalarida ishtirok etib, Bekobod shahrining sport madaniyatida muhim o‘rin egalladi. 2002yilda Superligada qo‘lga kiritilgan beshinchi o‘rin jamoaning eng barqaror va samarali davrlaridan biri sifatida tarixga kirib qoldi.

“Metallurg” nafaqat o‘z muxlislari orasida, balki butun mamlakat futbol jamoatchiligi orasida hurmat qozondi va ko‘plab yosh futbolchilarni yetishtirishga hissa qo‘shdi. So‘nggi yillarda yuzaga kelgan tashkiliy va moliyaviy holatlar tufayli klub faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Shu bilan birga, “Metallurg” nomi, uning tarixi va an’analari o‘z ahamiyatini yo‘qotmadi hamda jamoani qayta tiklash zarurati jiddiy mavzu sifatida saqlanib qoldi.

 

4.50

(8 ovoz)