Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

03.12.2024 03.12.2024 2157

       

     Joriy yilning 2-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va metallurgiya mahsulotlarini ishlab chiqarish va import qilish bo‘yicha faoliyat yuritayotgan 20 dan ortiq korxona rahbarlari ishtirokida  davra suhbati o'tkazildi. Ushbu yig'ilishda “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisining o‘rinbosari – Tijorat bo‘yicha direktor Irina Petrenko, Marketing  va mahsulotlarni sotish departamenti direktori Aleksandr Kibenko  va kombinatning bosh mutaxassislari ishtirok etishdi.

Davra suhbatida metall mahsulotlarining import narxlarini tartibga solish, sifatsiz mahsulotlarning olib kirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, import qilinadigan mahsulotlarni markalash va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari kabi sohadagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

   Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan individual va tizimli muammo va takliflar bildirilib, ularning har biri konstruktiv fikr almashishda atroflicha o‘rganildi, muammolarni hal etishda maqbul yondashuvlar ishlab chiqilib, zarur chora-tadbirlar, muddatlar va har bir vazifa uchun ijrochilarni o‘z ichiga olgan “Yo‘l xaritasi”ni shakllantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

   Davra suhbati yakunlari bo‘yicha korxonalar bilan tezkor aloqa o‘rnatish, korxona boshqaruvi samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va yuqori talabga ega bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha strategiyalarni shakllantirish uchun tashqi va ichki bozor tendensiyalari haqida har kuni axborot almashish mexanizmi ham kelishib olindi.

   Vazirlik tomonidan mamlakatimizdagi turli soha vakillari bilan shu kabi uchrashuvlar tashkil etish ishlari davom ettirilmoqda.

 

0

(0 ovoz)