Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“O‘ZMETKOMBINAT” AJ AKSIYADORLARINING NAVBATDAN TASHQARI UMUMIY YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI 

22.04.2025 22.04.2025 51

  

2025-yil 22-aprel kuni Metallurglar Madaniyat saroyida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga Zoom platformasi orqali kombinat Kuzatuv kengashi a’zosi - Iqtisodiyot va moliya vazirligi davlat aktivlarini xususiylashtirish va transformatsiya qilish departamenti direktori Jamshid Abdushukurov raislik qildi. 

Kun tartibida ikkita masala ko‘rildi. Birinchi masala, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamenti va sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash yuzasidan Korporativ munosabatlar boshqarmasi boshlig‘i Shahnoza Abduraxmanova ma’lumot berib o‘tdi. 

Kun tartibidagi ikkinchi masala “O‘zmetkombinat” AJ tarkibiy bo‘linmalari negizida ajratib chiqarish yo‘li bilan qayta tashkil etish orqali shu’ba xo‘jalik jamiyatlarini tashkil etish, ajratib chiqarish tartibi va shartlarini belgilash hamda taqsimlash balanslarini tasdiqlash haqida kombinat bosh buxgalteri Bahodirjon Eshanxujayev ma’lumot berdi. 

Yig‘ilish davomida aksiyadorlarning savollariga batafsil javoblar berildi. Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

1.00

(1 ovoz)