Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

O‘QUV-AMALIY SEMINAR TASHKIL ETILDI

25.06.2025 25.06.2025 103

   

Joriy yilning 24-iyun kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi xodimlari tizimdagi tashkilotlarning bir guruh mutaxassislari ishlab chiqarish obyektlarida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazish maqsadida “O‘zmetkombinat” AJga tashrif buyurishdi. 
Dastlab mehmonlar Ijroiya apparati majlislar zalida bo‘lib, “O‘zmetkombinat” AJning umumiy faoliyati, ishlab chiqarish salohiyati va loyiha yo‘nalishlari haqidagi ma’lumotlarni taqdimot ko‘rinishda olishdi. Shundan so‘ng Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasiga tashrif buyurib po‘lat eritish jarayonlari, xomashyo tayyorgarligi, texnologik nazorat tizimi va xavfsizlik choralari bilan tanishishdi. Navli prokatlash bo‘linmasida esa metall prokatlash jarayonlari, energiya tejamkor texnologiyalar va mahsulot sifatini nazorat qilish usullari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. 
Amalga oshirilayotgan Quyuv-prokatlash majmuasi qurilishi loyihasi obyektiga tashrif davomida ular loyiha jarayoni, yangi texnologiyalar va qurilish bosqichlari haqida mutaxassisdan kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Tashrif buyurgan mehmonlar o‘quv-amaliy seminar davomida Zoldir prokatlash bo‘linmaning prokat jarayonida qo‘llanilayotgan uskunalar, avtomatlashtirish tizimi hamda tayyor mahsulotni omborlarda saqlash va logistika jarayoni bilan yaqindan tanishishdi.
Ushbu seminar ishlab chiqarish jarayonlarining texnologik jihatlari, sifat nazorati, xavfsizlik choralari hamda energiya tejamkorlik usullarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu tashrif mehmonlar va “O‘zmetkombinat” AJ mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish va kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qildi. Shu tariqa, mazkur tadbir sanoat sohasidagi innovatsion loyihalarni amalga oshirish va ishlab chiqarishni yanada takomillashtirish uchun mustahkam asos yaratdi.

 

0

(0 ovoz)