Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Atrof-muhit va ISTB / E’lon

“Quyuv-prokat majmuasini qurish” loyihasining dastlabki “Atrof-muhit va ijtimoiy sohaga ta’sirlarni baholash” (AMvaISTB) ni o‘tkazish

11.02.2025 14.02.2025 288

Ayni paytda “O‘zmetkombinat” AJda quyuv-prokat majmuasini (QPM) qurish loyihalashtirilmoqda.

QPM kombinatning sanoat maydonchasida joylashgan bo‘lib, past uglerodli, past legirlangan yuqori sifatli va oddiy sifatli po‘latlardan issiq prokatlangan rulonlar ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan.

QPM infratuzilmasi “O‘zmetkombinat” AJning tegishli ob’yektlari bilan integratsiya qilinadi. Mazkur loyiha sanoat maydonchasidan tashqari ob’yektlar – uzunligi 23 km bo‘lgan 220 kV elektr uzatish liniyalarini hamda uzunligi 1,2 km bo‘lgan kombinat hududiga kirish yo‘lini qurishni nazarda tutadi.

"O‘zmetkombinat” AJ loyihani moliyalashtiruvchi kredit tashkilotlarining talablariga muvofiq, shuningdek, Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) standartlariga muvofiq “Atrof-muhit va ijtimoiy sohaga ta’sirlarni baholash” (AMvaISTB) ni o‘tkazadi.

AMvaISTB ning maqsadi – loyihaning ekologik va ijtimoiy ta’sirlarini aniqlash va oldini olish yoki yumshatish maqsadida tegishli choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, atrof-muhit va ijtimoiy xavflarni va ular oqibatida kelib chiqadigan ta’sirlarni aniqlashdir.

AMvaISTB ni amalga oshiruvchilar: “SHANEKO DK” AJ (Rossiya Federatsiyasi) va “Ekostandard Ekspert” MChJ (O‘zbekiston Respublikasi).

 QPM qurilishi loyihasini dastlabki ekologik va ijtimoiy baholash natijasida manfaatdor tomonlarni tanishtirish uchun quyidagi hujjatlar tayyorlandi:

  • “O‘zmetkombinat” AJ quyuv-prokat majmuasini qurish” manfaatdor tomonlarni jalb qilish rejasi.
  • “O‘zmetkombinat” AJ “Quyuv-prokat majmuasini qurish” loyihasining notexnik xulosasi.
  • “O‘zmetkombinat” AJ quyuv-prokat majmuasini qurish” AMvaISTB ning loyhasi.

Mazkur hujjatlar yuzasidan savol, fikr va takliflar 2023-yil 11-iyundan 11-avgustgacha “O‘zmetkombinat” AJga quyidagi (elektron, yozma yoki og‘zaki) tarzda yuborilishi mumkin:

  • elektron pochta orqali: v.kenjabaev@uzbeksteel.uz;
  • pochta manziliga: O‘zbekiston Respublikasi, 110502, Toshkent viloyati, Bekobod shahri, Sirdaryo ko‘ch., 1;
  • telefon orqali: + 998 90 336 33 13,

“O‘zmetkombinat” AJning aholidan va barcha manfaatdor tomonlardan murojaatlarini (savollar, mulohazalar va takliflar) yig‘ish uchun mas’ul vakili – Kenjabayev Vosit Valiyevich quyuv-prokat majmuasining yetakchi muhandisi.

Murojaatlarga javoblar tegishli murojaatlar mualliflarining manzillariga yuboriladi va AMvaISTB materiallarida umumlashtiriladi.

ОВОСиСС ЛПК Книга 1

ОВОСиСС ЛПК Книга 2(часть)

ОВОСиСС ЛПК Книга 3(часть1)

ОВОСиСС ЛПК Книга 3(часть2)

ОВОСиСС ЛПК Книга 3(часть3)

ОВОСиСС_НТР-128-0948

ПВЗС ЛПК 128-048-SEP

ESMP-1 ЛПК 128-0948

ESMP-2 ЛПК 128-0948

 

5.00

(2 ovoz)