Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Biz haqimizda / Bizning faxrimiz

MEHNAT BAXT KELTIRAR.

07.02.2025 07.02.2025 88

   Avvalo, kasb nima ekanligini o‘zingiz uchun aniqlab olishingiz zarur. Ba’zilar buni har bir kishida bo‘lishi shart bo‘lgan mashg‘ulot, daromad manbai deb hisoblaydi. Boshqalar esa kasbni hayotning asosiy hunari, sevimli ishi deb biladi. Sohiba Jalolova ham kasbiga bo‘lgan mehri tufayli sidqidildan mehnat qilib kelmoqda.
   U dastlab 2013-yil Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish bo‘linmasida keyinchalik Issiqlikni o‘tkazmas materiallar ishlab chiqarish bo‘linmasida Mahsulot sifati va standartlariga rioya etilishi nazorati xizmati nazoratchisi vazifasida mehnat qildi. S. Jalolovaning asosiy ish vazifasi mahsulotlarning sifatli chiqishini nazorat qilib turishdan iborat. Demak, bugungi kunda kombinatda sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarilishida uning ham o‘ziga yarasha hissasi bor. Zero, ustozi Zarnigor Aminovadan olgan kasb sirlari qo‘l kelib ibratli ishchilardan biriga aylangan.

   Hozirgi kunda esa kombinatimizning Rangli metallar ishlab chiqarish bo‘linmasida nazoratchi vazifasida mehnat qilib kelmoqda. Turmush o‘rtog‘i Mansur Jalolov ham metallurg bo‘lib, u Nazorat-o‘lchov asboblari va avtomatika boshqarmasida ishlab kelmoqda. Ko‘p qatori ular ham kombinatning iqtisodiy rivojlanishida o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelishmoqda. Xalqimizda “Mehnat baxt keltirar” degan maqol bor, bugun mehnatlari orqasidan baxtli yashayotgan bu kabi metallurg oilalarni ko‘rib havas qilamiz.

 

0

(0 ovoz)