Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Biz haqimizda / Bizning faxrimiz

YUQORI MALAKALI KADRLAR — ULKAN KUCH

11.02.2025 11.02.2025 56

   Korxonamizda ishchi-xodimlarning 1100 dan ortig‘ini yosh kadrlarni tashkil etadi. Ular turli sohalarda mehnat qilib kombinatning rivojlanishida o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelishmoqda.

   Aziz Berdiyev ham Rangli metallar ishlab chiqarish bo‘linmasida mehnat qilayotganiga 13-yildan oshdi. U dastlab, mahsulot o‘rovchi, keyinchalik esa pechda metallarni erituvchi vazifasida ishlab kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida ustozi Mahmud Karimovdan o‘rgangan kasb sirlarini ishda qo‘llagan holda malakali yosh kadrlardan biriga aylandi. U bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazish bilan bir qatorda, kombinatda o‘tkazib kelinayotgan spartakiadalarda ham qatnashib, yaxshi natijalarni ko‘rsatib kelmoqda.

  Albatta yosh kadrlar - bu umidlar, kashfiyotlar, cheksiz g‘ayrat-shijoat, ulkan rejalar tuzish va ularni amalga oshirish davri. “O‘zmetkombinat” AJda esa ana shunday yosh mutaxassislar ko‘plab topiladi va umid qilamiz ular kombinatimizni yanada taraqqiy etishida o‘zlarining xizmatlarini qo‘shishni davom ettirishadi.

 

0

(0 ovoz)