Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

OSHPAZLIK HAM BIR SAN’AT.

19.02.2025 19.02.2025 53

     

   Shunday kasb egalari ham borki, ularning mehnati arzimasday go‘yo, ba’zan ko‘zimizga ko‘rinmaydi ham. Bugungi qahramonimizning tanlagan kasbi barchamizga tanish. Bu kasb egalari sizga tansiq taom tayyorlash uchun doim mehnatda bo‘lgan oshpazlardir.

   Zokirjon Ro‘ziqulov yoshligidan shu kasb egasi bo‘lishni orzu qilgan va maktabni bitirgach kasb-hunar bilim yurtiga kirib diplom oldi. 1992-yildan boshlab Ovqatlanish kombinatida dastlab oshpaz keyinchalik bosh oshpaz bo‘lib mehnat qilib kelmoqda.

   Biz bilan suhbatda u shunday fikrlarni bildirdi. 
– Oshpazlik ham bir san’at, aslida, oshpaz faqatgina xo‘randaning qornini to‘ydirish uchungina taom tayyorlamaydi. Balki unga yurak qo‘rini beradi, estetik jihatdan ham go‘zal, ham inson salomatligi uchun muhim bo‘lgan san’at asarini yaratishga harakat qiladi. Shu paytgacha juda ko‘p ustozlardan bilim, malaka o‘rgandim. Dastlab, o‘zbek milliy taomlarini o‘rganishda ustozim Karim To‘ychiyevdan ko‘plab saboqlarni olganman.

– Oshpaz uchun eng katta baxt bu – u mehr bilan tayyorlagan taomni xo‘randaga ma’qul kelishi. Bu kasbning mehnati juda qiyin. Erta tongdan tik oyoqda, pichoq, olov, qaynab turgan yog‘ ishtirokida taom tayyorlaymiz. Buning qiyinchiligi, mashaqqatini bu kasb egalari juda yaxshi biladi. Barcha charchoqlar, zahmatlar xo‘randaning birgina “taomingiz menga juda yoqdi” degan so‘zlaridan unutiladi, qalbimiz baxtga to‘ladi.

   5-toifali bosh oshpaz Zokirjon Ro‘ziqulov hozirda Navli prokatlash bo‘linmasidagi 1-oshxonada bosh oshpaz bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Qahramonimizning jamoasi sutkasiga 400 dan oshiq metallurglar uchun xizmat ko‘rsatadi. Bu yerda tushlik, kechki tushlik va tungi tushlik uchun taomlar va qandolat mahsulotlari tayyorlanadi. O‘zining 33-yillik ish faoliyati davomida 10 dan ortiq shogirdlar chiqargan baxtli ustozlardan hisoblanadi. Qolaversa faoliyati davomida ko‘plab faxriy yorliqlar, tashakkurnomalar olib boshqalarga ibrat bo‘lib kelmoqda.

 

5.00

(3 ovoz)