Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Biz haqimizda / Kadrlar siyosati

KADRLAR

29.09.2023 06.01.2024 833

        Bugungi kunda kadrlar tarkibi kombinatning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha bir maromda yo‘lga qo‘yilgan. Kadr strategiyasi masalasida kombinat rahbariyati asosiy urg‘uni ma’lumotga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilishga qaratmoqda.

     2023-yil dekabr holatiga kombinatdagi oliy ma’lumotli xodimlarning soni 1955 nafarga yetdi. Kadr masalalari bo‘yicha ishlar tizimli ravishda olib borilmoqda. “Kadrlar zahirasi to‘g‘risidagi” va “O‘zmetkombinat” AJda haq to‘lanadigan stajirovka o‘tash to‘g‘risidagi nizomlar ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Kombinatda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi kombinat xodimlarni malakasini baholash, o‘qitish va rivojlantirish boshqarmasida amalga oshiriladi. Boshqarma kombinatning rahbarlari, mutaxassislari, xizmatchilari va ishchilarni qayta tayyorlash, amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quvlarni tashkil etish bilan shug‘ullanadi. 2023-yilda 2811 nafar xodim turli хil yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitildi, bu esa kombinatda ishlayotganlarning umumiy sonidan qariyb 30% ni tashkil etadi, shulardan: qayta tayyorlovdan o‘tganlar – 717 nafar; malaka oshirganlar – 2094 nafar (shundan 1465 ishlab chiqarish xodimlari va 485 nafari ayollarni) tashkil etadi. 2023-yil holatiga chet elda malakasini oshirgan xodimlar soni 34 nafarni tashkil etgan. Xodimlarni o‘qitilishi (kadrlarni qayta tayyorlash, amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish, ishchilarni malakasini oshirish) kombinatdagi mavjud malakali mutaxassislarning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Tarkibiy bo‘linmalarning mutaxassis va rahbarlarni malakasini oshirilishi bo‘yicha o‘qitilishi ularni kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining boshqa o‘quv yurtlariga yuborish yo‘li bilan, shuningdek bevosita kombinat o‘quv markazida mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi va “Moskva po‘lat va qotishmalar” universiteti professor-o‘qituvchilar tarkibini jalb qilgan holda amalga oshiriladi.

     Kombinatning uzoq istiqboldagi barqaror rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan, yuqori darajadagi boshqaruvchi kadrlarni tayyorlash, ularning oldingi amaliy tajribasini tizimlashtirish va boyitish, strategik fikrlashini, tadbirkorlik koʼnikmalarini, innovatsion va yetakchilik fazilatlarini rivojlantirish, toʼplangan va yangi olingan bilim va tajribalarini turli vaziyatlarda biznesning murakkab muammolarini hal qilishda qoʼllash qobiliyatini rivojlantirish maqsadida 2023 yil G.I.Nosov nomidagi “Magnitogorsk davlat texnika universiteti” bilan hamkorlikda, ishlab chiqarishdan qisman ajralgan holda, kombinat rahbarlari uchun «MBA «Generаl management» mavzusida kasbiy qayta tayyorlash o'quv kursi tashkil etildi.

      Kombinatda oliy ma’lumotli kadrlar ulushini oshirish maqsadida respublika va chet el oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik munosabatlari o‘rnatilgan holda tegishli memorandumlar imzolangan. Jumladan, Moskva po‘lat va qotishmalar instituti, Magnitogorsk davlat texnika universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent shahridagi Turin politexnika instituti, Moskva po‘lat va qotishmalar institutining Olmaliq shahri filiali, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Yangi O‘zbekiston universiteti va boshqa bir qator oliygohlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi kunda, kombinatning 224 nafar xodimlari tavsiyanoma asosida bakalavr bosqichida, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olmoqdalar.

 

 

5.00

(1 ovoz)